Tomonlar umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ortiq boʻlgan 11 ta loyihani oʻz ichiga olgan JICAning Oʻzbekiston Respublikasidagi joriy investitsiya portfeli oʻsishining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Loyihalar energetika, infratuzilmaviy rivojlanish, qishloq xoʻjaligi, taʼlim va tibbiyot kabi sohalarda amalga oshirilyapti.
Laziz Kudratov xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, tarmoqlar va hududlarning sanoat salohiyatini roʻyobga chiqarish, ichki va xalqaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shuningdek, mamlakat energetika sektorini rivojlantirishga qaratilgan Yangi Oʻzbekistonni strategik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda JICAning faol ishtirok etishi muhimligini taʼkidladi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar qoʻshma loyihalarni sifatli amalga oshirish va hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishga qaratilgan yaqindan hamkorlik qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.