1990-yilda tashkil topgan “Nippon akademi” tilshunoslik (yapon mehmonxonalari va restoranlarida ishlash uchun amaliy yapon tili), AKT (veb-saytlar ishlab chiqish, grafik dizayn, dasturlash) hamda sogʻliqni saqlash (bemorlarni parvarishlash) yoʻnalishlari boʻyicha keyinchalik Yaponiyada ishga joylashish uchun xorijlik mutaxassislarni tayyorlaydigan bir nechta taʼlim muassasalarini birlashtirgan.
Tadbirda 2020-yilda imzolangan Hamkorlik memorandumining hayotga tadbiq etish, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Nippon akademi” metodologiyasi boʻyicha onlayn tarzda yoʻlga qoʻyilgan yapon tilini oʻqitish jarayonlari, oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari, xususan, JIDU qoshida yapon tili markazini ochish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.
JIDU qoshida yapon tili markazini ochish loyihasi boʻyicha muloqotni davom ettirish, buning uchun zarur moliyaviy va texnik hujjatlarni almashish boʻyicha kelishuvga erishildi.