Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) hamisha oʻng tomonga yonboshlab, oʻng kaftlarini yuzlariga qoʻyib yotgan ekanlar. Chap tomonga qarab yotish ham u qadar yaxshi emasligi va dum tushib yotish shaytoniy yotish ekanini taʼlim berganlarini bilishimiz mumkin.
Qizigʻi, olimlar ham oʻng tomonga yonboshlab yotish miyada toʻplanib qoladigan chiqindilarni qorin yoki tepaga qarab uxlashga qaraganda samaraliroq chiqarishga sabab boʻlishini isbotlashdi. Mazkur xulosa Nyu-York shahridagi Stoni-Bruk universiteti olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda qayd etildi.
Bunday yotish Alsgeymer, Parkinson va boshqa asab kasalliklarining yuzaga kelish xavfini kamaytiradi.
Jigar osilib qolmasdan bir tekisda turadi. Oshqozon ham jigarning tepasida qulay joylashadi. U oziq-ovqatni hazm qilib boʻlgach, oson va yengil tozalanadi.
Bundan tashqari oʻng tomonga qarab uxlash tibbiyotda eng yaxshi davolanish usullardan biri boʻlib, chap oʻpkaning nafas olish yoʻllaridagi shilliqsimon suyuqliklarni chiqarib yuborishidagi vazifasini yengillashtirar ekan.
Baʼzi tadqiqotlar tasdiqlaganidek, inson oʻng tomonga yonboshlab, oʻng qoʻlini yuzning oʻng tomoniga qoʻyib yotishi, miyadagi ortiqcha va zararli chiqindilardan forigʻ boʻlib, ideal uyquga ketishi uchun munosib dam ola boshlar ekan.