баннер
Sayt test rejimida ishlamoqda
Лого Лого-пв-уз

    Jim Rojers Oʻzbekistonni nishonga olmoqda – Forbes

    Investitsiyalar 26 Iyul 2021 338

    Wall Street afsonasi, Rogers Holdings bosh direktori Jim Rojers mehmonxonalar, aviakompaniyalar va qishloq xoʻjaligini koʻrib chiqmoqda.

    “Garchi Gʻarbda hali deyarli maʼlum boʻlmasada, men yangi Oʻzbekistonning ashaddiy muxlisiman. Ilgari mamlakatda diktatura boʻlgan, ammo yangi hukumat nima qilayotganini biladiganga oʻxshaydi. Soʻnggi bir necha yil ichida ular erishgan yutuqlar tahsinga loyiq”, — deydi Rojers.

    Uning taʼkidlashicha, nihoyat iqtisodiyot ochildi va xalqaro investorlar yangi imkoniyatlardan foydalanadilar.

    Jim Rodjers — dunyoning eng taniqli investorlaridan biri. 10 yilda 4200% foyda keltirgan Quantum Fund fondining asoschilaridan biri.