YTH oqibatida u bilan bitta avtomashinada boʻlgan advokat halok boʻlib, sudyaning oʻzi turli darajada tan jarohati olgan. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan 9-mart kuni xizmat tekshiruvi oʻtkazilgan, unda Sudyalar odobi kodeksi talablari buzilgani aniqlangan.

Tekshiruv xulosasini Surxondaryo viloyati sudlari sudyalar malaka hayʼati muhokama qilgan va tuman sudi raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish boʻyicha qaror chiqargan. Mazkur qarorga nisbatan berilgan shikoyatlar esa rad etilgani aytiladi.

Sudyalar oliy kengashi tarmoqlarda tergov ishlari tugamaganiga qaramay sud raisining ishdan ketgani barvaqt xulosaga kelish deya talqin qilingan xabarlarni rad etdi.

“Fojia sodir boʻlgan paytda avtomashina boshqaruvida sudya (sud raisi) boʻlganiga oid axborotlar ham yoʻq emas”, deya qoʻshimcha qildi Sudyalar oliy kengashi.

Keltirilishicha, ushbu chora intizomiy jazo xarakterida boʻlib, tergov ishlariga daxli yoʻq. Shuningdek, ogʻir oqibatga olib kelgan YTHning aybdorini aniqlash tergov organi vakolatiga tegishli ekani qoʻshimcha qilingan.