Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 23, 34, 35 - moddalariga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” AJga joriy yilning 11 oy davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi.

“Oʻzbekneftgaz” AJga oʻtgan davr mobaynida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 715 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, barchasi oʻrnatilgan tartibda taalluqliligi boʻyicha mansabdor shaxslar tomonidan koʻrib chiqilishi taʼminlandi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlardan 418 tasi (24%) yuridik shaxslar va 1 297 tasi (76%) jismoniy shaxslar ulushiga tegishlidir. Ulardan 874 tasi (51%) elektron, 546 tasi (32%) yozma va 295 tasi (17%) ogʻzaki qabul qilingan.

Murojaatlarda quyidagi masalalar koʻtarilgan:

Murojaatlarni hududlar kesimida tahlil qilinganda, asosan Qashqadaryo 812 ta (47%), Buxoro 280 ta (16%), Fargʻona 64 ta (4%), Jizzax 51 ta (3%), Surxondaryo 50 ta (3%) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida 200 ta (12%) yashovchi fuqarolardan kelib tushganligini koʻrish mumkin.

Murojaatlarning aksariyat qismi jamiyatning boshqaruv apparatida hal etilgan. Nazoratga olib koʻrib chiqilgan jami 1 715 ta murojaatdan, 565 tasi qanoatlantirilgan, 1 111 tasi boʻyicha tushuntirishlar berilgan, 8 tasi rad etilgan, 31 tasi ish jarayonida.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 926 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, ulardan 895 tasi ijrosi taʼminlandi, 31 tasi koʻrib chiqilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi sayti orqali jami 33 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, barchasining ijrosi taʼminlangan.

Bu boradagi ishlar “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi apparati bilan ishlash departamenti tomonidan nazoratga olingan boʻlib, har oy yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar hisoboti Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevga taqdim etib boriladi.

Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati