Unda viloyat hokimi E.Saliev, universitet ta’sischilaridan B.Ahmedov shuningdek, Moskva davlat ma’murchiligi instituti rektori A.Tarakanov va professor V.Flegontov ishtirok etdi.

— Jizzax ijtimoy-iqtisodiy universiteti ta’lim berish jarayoni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanayotgan oliy ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari asosida tashkil etilgan, — deydi bilim yurti ta’sischilaridan biri B.Ahmedov. — O‘zbekistondagi mutaxassislardan tashqari biz 58 nafardan ziyod ilg‘or Rossiya davlatidagi oliy ta’lim bilim yurtlaridan dars berishi uchun o‘qituvchilarni jalb qilishni rejalashtirganmiz. Endilikda, viloyatimiz va respublikamizning turli burchaklaridan yoshlarimiz sifatli ta’lim olishlari uchun chet elga borishga hojati qolmaydi.

Qabul psixologiya, boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishlari, maktabgacha ta’lim, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligida menedjment, buxgalteriya hisobi va audit, turizm, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish yunalishlarida o‘tkaziladi.

Shuningdek, magistratura yo‘nalishida psixologiya, boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishlari, maktabgacha ta’lim, iqtisodiyot hamda qishloq xo‘jaligida menedjment bo‘limlari bo‘yicha qabul tashkil etiladi.
Universitet o‘z faolyatini 2021-2022-o‘quv yilidan boshlashni rejalashtirgan, deb xabar beradi Jizzax violyat hokimligi matbuot xizmati.