Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Jizzax shahar xalq taʼlimi boʻlimi masʼuli O.A. 1 500 AQSH dollarini pora sifatida oʻz xizmat xonasida olgan paytida, ichki ishlar organlari xodimlari uni jinoyat ustida ushlagan.
Surishtiruvlarda aniqlanishicha, ayblanuvchi mazkur porani Jizzax shahridagi umumtaʼlim maktablaridan birini taʼmirlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan 249 million soʻmni qurilish korxonalaridan birining hisobraqamiga oʻtkazib berish uchun soʻragan.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan O.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.