Jizzaxda 42 tup oʻsishdan toʻxtamagan qayragʻoch daraxtlari kesib ketildi

    Oʻrganishlar davomida daraxtlar “Yuvest togʻ” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi 1988-yilda tugʻilgan Paxtakor tumani “Bogʻishamol” QFY yashovchi J.J ismli fuqaro tomonidan kesib olinganligi maʼlum boʻldi.

    Joriy yilning 11-yanvar kuni Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Paxtakor tuman ekologiya inspeksiyasi tomonidan Paxtakor tumani “Baxmal” SIU hududida joylashgan “Yuvest togʻ” fermer xoʻjaligining dala maydoni chetiga ixota maqsadida ekilgan 42 tup oʻsishdan toʻxtamagan qayragʻoch daraxtlari kesib ketilganligi aniqlandi.

    Oʻrganishlar davomida daraxtlar “Yuvest togʻ” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi 1988-yilda tugʻilgan Paxtakor tumani “Bogʻishamol” QFY yashovchi J.J ismli fuqaro tomonidan kesib olinganligi maʼlum boʻldi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil, 22-avgustdagi “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish talablarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 464-sonli qarorining 4-ilovasiga asosan qayragʻoch daraxtlarining noqonuniy kesilishi natijasida oʻsimlik dunyosiga 224 mln 400 ming miqdorida zarar yetkazilgan.

    Paxtakor tumani prokuraturasining qaroriga koʻra fuqaro J.J.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov ishlari davom etmoqda.