Ayni vaqtda BMB-NRC AGROLOGISTICS Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi tomonidan mazkur kompleks uchun ajratilgan hududda dastlabki qurilish ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yana-da rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra , mahsulotlarni yigʻish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, ichki va tashqi bozorga yetkazib berish borasida xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy agrologistika komplekslari va markazlari tizimini shakllantirish, joylashtirish, qurish, ularni boshqarish boʻyicha bir qator vazifalar belgilangan.

Respublikada faoliyat yuritayotgan 319 ming tonna quvvatga ega 16 ta agrologistika markazlari qatoriga 9 ta agrologistika markazlari qoʻshilib, 3497 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etildi va agrologistika markazlari soni 25 taga, quvvati esa 405 ming tonnaga yetkazildi.

Mazkur loyiha asosida quriladigan kompleks mamlakatimizda yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini Rossiya va boshqa xorijiy bozorlarga eksportini kengaytirish uchun xizmat qiladi.