IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Samarqanddan Toshkent tomon harakatlanayotgan yoʻlovchi tashuvchi avtobus oʻzidan oldinda ketayotgan, yoʻllarni tozalovchi maxsus transport vositasining orqasiga borib urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchilar va avtobus yoʻlovchilariga jiddiy jarohat yetmagan. Uch nafar fuqaroga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.