9-dekabr tong saharda Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hududidan oʻtgan M39 avtomobil yoʻlining 985-kilometrida “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Epica” rusumli avtomobil yoʻl chetidagi daraxtga borib urilishi oqibatida avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan. Yoʻl transport hodisasi haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi natijasida sodir etilgan.
Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtomobil toʻliq yongʻindan zararlangan.
Hodisa natijasida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar yoʻq.
Mazkur hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilyapti, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.