Jizzaxda ishlab chiqariladigan avtomobil modeli maʼlum qilindi

    Sanoat 11 Yanvar 2021 2894

    Jizzax viloyat hokimligi axborot xizmati viloyatda ishlab chiqariladigan avtomobillar modeli haqida maʼlumot berdi.

    Taʼkidlanishicha, Jizzaxda Xitoyning yirik “DONG FENG” va “CHANGAN” avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikda krossover “DONG FENG” va “New Star Truck” avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

    Maʼlum qilishicha, loyiha quvvati yiliga 27 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Loyiha 16,2 million dollarga baholangan boʻlib, shundan 10,5 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar, 5,6 million dollar oʻz mablagʻlari tashkil etadi.

    Loyiha Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilishi hamda zavodda 3 xil turdagi krossoverlar, 2 xil turdagi yengil yuk tashuvchi va mikroavtobuslar ishlab chiqarilishi koʻzda tutilgan. Ayni paytda zavod hududida qurilish ishlari boshlab yuborilgan.