Jizzaxda MIB avtobusni xatlagach, Zavodning ishchilar haqini berishga puli topilib qoldi

    Davlat ijrochisi tomonidan mazkur avtobus baholatib, auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilayotganidan xabar topgandan soʻng jamiyat tomonidan 16 nafar fuqarolarining toʻlanmagan 117 mln soʻm ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlari toʻliq undirib berildi.

    Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 154-moddasida Ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq toʻlashi shartligi belgilangan.

    Biroq ayrim ish beruvchilar xodimlarni ishlatib, ish haqini berishga kelganda turli xil vajlar keltiradi.

    Byuroning Forish tuman boʻlimi ish yurituviga Fuqarolik ishlari boʻyicha sudining 16 nafar fuqarolarining “Korbonat” Aksiyadorlik jamiyatidan hisoblangan, lekin toʻlanmagan 117 mln soʻm ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida sud buyrugʻi kelib tushgan va ijro ishi qoʻzgʻatilgan.

    Ijro harakatlari davomida jamiyatga tegishli “Isuzi” rusumli avtobusi mavjud qarzdorlik evaziga xatlanib, bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan.