Sharof Rashidov tumanidagi Paxta qabul qilish punktida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot.

Kuni kecha, soat 18:13 da Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Sharof Rashidov tumani “Uch-tepa” MFY hududida joylashgan “Jizzax Instural To‘qima” MCHJga qarashli Paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 18:20 da yetib borib, yong‘in 18:24 da o‘rab olinib, 18:50 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 1 ta 14-sonli g‘aramning ustki qismi to‘liq va 15-sonli g‘aramning ustidagi “Sulton” navli paxta tolalari yongan. Yong‘in natijasida 35-40 kg paxta tolalari yonib zararlangan. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Sodir bo‘lgan yong‘inga favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va Tezkor boshqaruv markazi xodimlari chiqishgan.