Xususan, uni turmush oʻrtogʻi bilan oʻzaro ajrimini tezlashtirib, er-xotin oʻrtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam berish evaziga 300 AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u oʻzining xizmat xonasida soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda sudya yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.









