Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Jizzax viloyati boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Yangibod tumani "Sarmich" mahallasida istiqomat qiluvchi S. B. ismli fuqaro tomonidan "Yuqori Sarmich" qishlog‘i hududida adashib qolgan bir dona tulkini tutib, tutqinlikda saqlagani aniqlandi.
Bu holatda fuqaro tomonidan O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 4,24, 26-moddalari talablari buzilgan.
Huquqbuzar fuqaroga MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning o‘n baravari, ya’ni 3 mln 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Bundan tashqari, huquqbuzar fuqaro va tulkiga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgan bolalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Tulki tutqinlikdan ozod etilib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.