Jizzaxda yangi qurilgan ko'p qavatli bino qulab tushganligi holati yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko'ra, Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi   qo'zg'atildi. 

«Tergov harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.