Maʼlumki, AQSHda nashr etiladigan “Time” haftalik jurnali 1927-yildan beri yilning eng nufuzli shaxsini aniqlab keladi.
Jurnalning joriy yilgi talqiniga koʻra, shu yilning noyabr oyida AQSHda boʻlib oʻtgan, lekin natijasi hali rasman eʼlon qilinmagan saylovda saylangan deb hisoblanayotgan prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris yil odami deb eʼlon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, 2019-yilda ushbu nominatsiyaga shvetsiyalik maktab oʻquvchisi Greta Tunberg loyiq koʻrilgan edi.