Kecha tunda mukofot jamg'armasi 65 million dollar bo'lgan tennis bo'yicha AQSH ochiq chempionati – US Open musobaqasining erkaklar o'rtasidagi final o'yini bo'lib o'tdi. Unda serbiyalik tennischi Novak Jokovich rossiyalik Daniil Medvedevni 3 setda – 6:3/ 7:6/ 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Shu tariqa Novak jami 24-bor, ushbu mavsumda 3-marta “katta dubulg'a” turniri g'olibiga aylandi va bu boradagi o'z rekordini yangiladi.
Finaldan so'ng 36 yoshli Jokovichga 3 million dollar, Medvedevga esa 1,5 million dollar pul mukofoti topshirildi.