“Men sizga professional tennisdagi faoliyatini yakunlayotganimni ma'lum qilish uchun keldim. Haqiqat shundaki, bu bir necha yil, ayniqsa oxirgi ikki yil qiyin bo'ldi. Bor imkoniyatim bilan o'ynay oldim, deb o'ylamayman. Bu qarorni qabul qilish, albatta, qiyin va mendan ko'p vaqt talab qildi.
Ammo bu hayotda hamma narsaning boshlanishi va oxiri bor va men o'ylaymanki, endi uzoq va men tasavvur qilganimdan ham muvaffaqiyatliroq bo'lgan faoliyatimni tugatish vaqti keldi.
Lekin oxirgi turnirim Devis Kubogi finali bo'lgani va o'z vatanim sharafini himoya qilganimdan juda xursandman. O'ylaymanki, bu aylanani to'liq bosib o'tishga o'xshaydi, chunki professional tennischi sifatida mening birinchi katta turnirlarimdan biri 2004-yilda Sevilyadagi final bo'lgan”, dedi Nadal ijtimoiy tarmoqda.
Devis Kubogi-2024 final bosqichi 19 – 24-noyabr kunlari Malaga shahrida (Ispaniya) bo'lib o'tadi, deb xabar beradi sports.kz.