Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:15 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 22:30 da oʻchirilgan. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari ham chiqqan.

Yongʻin oqibatida “KIA BONGO”, “DAMAS” va “GENTRA” rusumli avtomobillar zararlangan.

Yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.Tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi, deyiladi xabarda.