Jomboyda bo‘lgan ko‘pkarida Alisher polvon "Boying" laqabli otida "Cobalt"ni qo‘lga kiritdi

    Sport 21 Mart 2022 1756

    Navro‘z bayrami tadbirlari doirasida bugun Jomboy tumanidagi "Qoraqasmoq" otchoparida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

    Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tomosha-tadbirda yurtimizning turli hududlaridan, shuningdek, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlaridan chavandozlar ishtirok etdi.

    Musobaqada chavandoz tuya, toy, tana, gilam va ko‘plab sovrin hamda pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

    Hokimlik tomonidan qo‘yilgan bosh sovrin – "Cobalt" avtomobili g‘allaorollik Alisher polvonga nasib etdi. U urgutlik Murodjon Fayziyevning O‘rta Osiyo chavandozlari tan olgan "Boying" laqabli oti bilan ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.

    Avtomashina kaliti va sertifikatini chavandozga Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov topshirdi.

    Manba