Qayd etilishicha, “Toshtemiryoʻlloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Samarqand viloyatining Jomboy tumanidan Urgutga tomon uzunligi 50 kilometrdan ortiq boʻlgan temiryoʻl qurilishi boshlandi.
Jomboy tumanidagi “MAN” zavodi yaqinidan boshlanuvchi yangi temiryoʻl tarmogʻi 4R-238 avtomobil yoʻlini kesib, Zarafshon daryosi boʻylab oʻtadi va soʻngra ushbu daryo ustida barpo etiladigan koʻprik orqali Urgut tumaniga boradi.
Shuningdek, temiryoʻl oʻtadigan Jomboy, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanlarining aholi gavjum hududlarida bekatlar tashkil etiladi. Masalan, Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti yaqinida bekat quriladi.
Bu esa tojikistonliklarga yurtimiz boʻylab temir yoʻl orqali ham sayohat qilish imkonini beradi.