Jonli translyatsiyalar orqali kripto firibgarliklardan ogoh boʻling!

    Kiberxavfsizlik xabariga koʻra, soʻnggi vaqtlarda jonli translyatsiya (Live streaming) platformalaridan foydalangan holda amalga oshirilayotgan kripto firibgarliklar soni ortib bormoqda.

    Firibgarlar koʻpincha YouTube videoxostingi, Telegram messenjeri kabi platformalarda oʻzlarini “kripto ekspert” yoki “investitsiya guruhi” sifatida koʻrsatib, odamlarni chalgʻitishga harakat qilishmoqda.

    Firibgarlik sxemalari:

    • Jonli translyatsiya davomida tez va katta daromad olish vaʼdalari;
    • “Faqat bugun” yoki “cheklangan muddatda” kabi iboralar bilan shoshilinch qaror qabul qilishga majburlash;
    • “Maxsus treninglar” yoki “kripto-savodxonlik kurslari”ni sotib olishni tavsiya qilish.

    Shuni yodda tutingki, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida noqonuniy faoliyat olib borish, yaʼni, olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash hamda litsenziyasiz xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda javobgarlikka sabab boʻladi.

    Jonli translyatsiya orqali firibgarlik sxemalaridan ogoh boʻling va shubhali takliflarga uchmang!