Haftalik doirasida Toshkkent toʻqimachilik Sammiti, Uztextile Expo 2022 xalqaro toʻqimachilik va moda koʻrgazmasi, modalar namoyishi, barqaror toʻqimachilik korxonalariga biznes turlar tashkil etiladi.
Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qoʻchqorova maʼlum qildi.
Ekspertlar fikriga koʻra, Oʻzbekiston yangi rivojlanayotgan resurs markaziga aylanmoqda va yetakchi brendlar eʼtibori toʻqimachilik sanoatiga qaratilgan. Aynan ushbu haftalik davomida oʻzbek toʻqimachilik sanoatining yutuqlari va potensiali koʻrsatib beriladi.
Sammitda 15 ta davlatdan 400 dan ortiq xalqaro ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda. Ilk bor Sammit Fast Fashion masalasiga qaratilida va WTIN (Buyuk Britaniyaning xalqaro toʻqimachilik nashri) bosh direktori Mark Yarvis moderatorlik qiladi va Sammit debat va takliflar shaklida oʻtkaziladi.
Tadbirning eng muhim taqdimoti - Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) homiyligida Gherzi xalqaro konsalting tashkiloti tomonidan tayyorlangan “Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatiga oid mustaqil axborot” va BMT YEIK (UNECE) ning “2024-yilgacha Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatida barqaror raqamli savdodan foydalanish boʻyicha korxonalar salohiyatini oshirish” loyihasi taqdimoti mehmonlarda katta qiziqish uygʻotishi kutilmoqda.