Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova maʼlum qildi. 

Toshkent shahrida piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish hamda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash borasida 2023-yil 21-oktyabrdan boshlab Toshkent shahrida piyodalar uchun xavfsiz yoʻl infratuzilmasini yaratish boʻyicha “Zarbdor ikki oylik” tadbiri boshlangan. Joriy yilning yakuniga qadar Toshkent shahridagi jami 250 ta tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylariga chaqiruv tugmali svetoforlar oʻrnatilishi belgilangan. Shuningdek, Toshkent shahrining har bir tumanida alohida 12 ta Mobil brigadalar tashkil etilib, jami 146 nafar xodim va ishchi-xizmatchilar jalb etildi.

Tadbir davomida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va kunlik tahlilini yuritish maqsadida  Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati huzurida “Tezkor shtab” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Joriy yilning 31-oktyabr kuni holatiga mobil brigadalar tomonidan oʻrnatilishi belgilangan barcha 250 ta svetofor obyektlarining joylashuvi toʻliq oʻrganib chiqildi.  136 ta svetofor obyektlarida svetofor ustunlari uchun chuqurlar tayyorlandi, hamda kommunikatsiya va aloqa kabellarini joylashtirish uchun qazish ishlari amalga oshirildi. 93 ta svetofor obyektlarida svetofor ustunlarini oʻranatish uchun beton quyilib, tayyor xolatga keltirildi. 26 ta obyektda svetofor ustunlari oʻrnatilib transport va piyodalar svetoforlari oʻrnatildi, hamda kommunikatsiya va aloqa kabellari ulandi. 10 ta obyektda svetofor kallaklari oʻrnatildi. 7 ta piyodalar oʻtish joyidan trotuarga chiqish joyi tashkil etildi. 142 ta piyodalar oʻtish joylardagi yetishmaydigan yoʻl belgilar oʻrnatilmoqda. Barcha oʻchib ketgan piyodalar oʻtish joylaridagi yotiq chiziqlarni qayta tiqlash ishlari olib borilmoqda.

Joriy yil 17-oktyabrdan boshlab respublikamiz boʻylab piyodalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida “Diqqat piyoda” tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda. Bugunga qadar tadbirga jami 5 683 nafar IIO, MG, hokimiyat, shuningdek turli idora va tashkilotlardan vakillar jalb qilingan. Tadbir boshidan 31-oktyabrga qadar 10644  nafar qoidabuzar piyodalar aniqlandi.

Ular tomonidan  yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtish, yoʻlning qatnov qismidan mast holda harakatlanish, piyodalar oʻtish joyidan harakatlanayotgan vaqtda telefon va quloqchinlardan foydalanish, velosipedda harakatlanish qoidalarini buzish holatlari aniqlanib, qoidabuzarlarga nisbatan tegishli tartibda choralar koʻrildi. 1 422 nafar haydovchilarga nisbatan esa piyodalarga yoʻl bermaganligi uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.