220 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali hal qilingan. 30 ta murojaat rad qilingan. 1 ta murojaat tugatilgan. 50 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

Mazkur murojaatlar tasnifi boʻyicha tahlil qilinganda 126 ta uy-joy, yer bilan taʼminlash, 95 ta ish bilan taʼminlash, 55 ta aliment, 24 ta sogʻlikni saqlash, 167 ta gaz, elektr, suv, issiqlik, 54 ta pensiya va nafaqa 672 ta boshqa xizmat sohasidagi masalalar tashkil qiladi.

– “ADB NEXT” korxonasida ishlayman, – deydi Buxoro shahridan yashovchi fuqaro Nigora Avezova. – Ushbu korxona tomonidan ishlagan oylarim uchun ish haqi pullarim toʻlanmagan edi. Bu borada shahar Xalq qabulxonasiga murojaat qildim. Murojaatim ijobiy hal etildi.

–Xuddi shunday ariza bilan Buxoro shahar Piridastgir koʻchasi 7/8 uy 76 xonadonda yashovchi fuqaro Muxayyo Tashova hamda bir guruh xotin-qizlar murojaat qilgan, – deydi qabulxona mutaxassisi Mirjon Toshev. – Qabulxona mutaxassislarining aralashuvi natijasida fuqarolarning ish haqi toʻlanib berildi.

Xalq qabulxonasi tomonidan Buxoro shahrining Zargaron koʻchasi 7-uyda yashovchi Zulfiya Ibodova hamda X.Arbob koʻchasi 12-uyda yashovchi Raxima Muinovaning murojaati oʻz vaqtida yechim topdi. Gap shundaki, yuqorida nomlari keltirilgan fuqarolar ancha yillar davomida nogironliklari sabab toʻshakda mixlanib qolishgandi. Mutasaddilar ularning murojaatini oʻrganib ularga nogironlik aravachasi tuhfa etdi.

Joriy yilning oʻtgan davrida Buxoro shahar Xalq qabulxonasi tomonidan korxona va tashkilotlarga jami 29 ta taqdimnoma kiritilgan. Natijada 2 nafar masʼul xodimlar vazifasidan ozod etilgan. 4 nafar masʼullarga “Hayfsan” intizomiy chorasi qoʻllanilib, 15 nafar xodimlar rasman ogohlantirilgan, deb xabar beradi pm.gov.uz