UK Flying-Taxi Hub taksilarini uchirishga mo'ljallangan dunyodagi birinchi maxsus markaz Angliyaning Koventri shahrida ish boshlashi rejalashtirilgan. Markaz ishiga deyarli 400 ming kishi jalb qilinadi. Loyiha Buyuk Britaniya hukumati tomonidan qo'llab-quvvatlandi va uni amalga oshirish uchun 1,2 million funt sterling ajratildi.
Urban-Air Port asoschisi Riki Sandxuning so'zlariga ko'ra, Alitude Angel tizimidan parvozlar uchun foydalaniladi. Uning texnologiyasi havo taksisi operatorlari, uchuvchisiz samolyotlar, favqulodda vaziyatlar uchun vertolyotlar va umumiy aviatsiyaga havo hududini xavfsiz bo'lishish imkoniyatini beradi.

Ta'kidlanishicha, bir necha oy ichida ilk parvoz amalga oshiriladi.

Dunyo bo'ylab turli kompaniyalar uchadigan taksi yoki uchuvchisiz samolyotlarni ishga tushirish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqmoqda, ammo ularning aksariyatidan dastlab shaharlarda foydalanilmaydi. Shu sababli, Buyuk Britaniyaning havo taksisi dunyoda birinchi bo'lishi mumkin, deb yozadi nashr.