Maʼlum qilinishicha, joriy yilga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ijrosini taʼminlash borasida byudjet mablagʻlari hisobidan issiqlik taʼminoti obyektlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari uchun 134,3 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan boʻlib, ushbu mablagʻ doirasida 16 ta (5 tasi yildan-yilga oʻtuvchi) obyektda 58,5 km magistral issiqlik quvurlari va issiqlik tarmoqlari, 3 ta markaziy, 11 ta mahalliy qozonxona, 46 ta qozon, 91 ta zamonaviy nasos uskunasi, 14 ta gaz taqsimlash punktini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
2021-yil 1-aprel holatiga 7 341,2 mlrd soʻm mablagʻ oʻzlashtirilgan, 9 276,9 mlrd soʻm mablagʻ moliyalashtirib berilgan.
2021-yilda byudjet mablagʻlari hisobidan “Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish” loyihasi uchun 30,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan.
Ushbu mablagʻ hisobidan 35 ta obyektdagi mavjud 120 ta koʻp kvartirali uyning tom qismini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.
2017-2020-yillarda xalqaro moliya institutlar ishtirokida amalga oshirilgan loyihalar doirasida jami 305,8 mln Aqsh dollari miqdoridagi mablagʻlar oʻzlashtirilgan.
Jumladan:
2017-yilda 8 ta loyiha doirasida 48,76 mln dollar
2018-yilda 8 ta loyiha doirasida 74,51 mln dollar
2019-yilda 10 ta loyiha doirasida 98,93 mln dollar
2020-yilda 83,6 mln dollarga teng 16 ta loyiha boʻyicha ishlar olib borilgan.
Joriy yilda xalqaro moliya institutlari bilan qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 12-apreldagi qaroriga asosan umumiy qiymati 220,7 mln dollar, shu jumladan Jaxon banki kredit qiymati 140,0 mln dollar boʻlgan “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (TS-8) shaharlarida (VIDEO qoʻyiladi yetganicha) markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida ishlar boshlangan. Jumladan, ushbu mablagʻlar hisobidan:
Chirchiq shahrida “Mimsan Endustri Kazanlari Sanayi ve Ticaret A.S.” (Turkiya) shirkati tomonidan “Yubileynaya” qozonxonasini modernizatsiya qilish, 21,3 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish va 199 ta individual issiqlik shahobchasini oʻrnatish ishlari amalga oshirilmoqda;
Buxoro shahrida “Buxoroenergomarkaz” AJ korxonasi tomonidan issiqlik energiyasi bilan taʼminlaydigan 202 ta koʻp kvartirali uylarga hamda 29 ta ijtimoiy soha obyektlariga 264 ta individual issiqlik shahobchalarini oʻrnatish, 5,5 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Andijon shahrida “RK-2” qozonxonasida 110 MVt quvvatga ega boʻlgan 3 ta yangi qozonni oʻrnatish, 271 ta koʻp kvartirali uylarga hamda
30 ta ijtimoiy soha obyektiga 373 ta individual issiqlik shahobchalarini oʻrnatish va 24,1 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish boʻyicha ham ishlar boshlab yuborilgan.
Samarqand shahrida “Samarqand viloyat issiqlik manbai” DUKda 100 MVt ega boʻlgan qozonxonani qurish, 418 ta individual issiqlik shahobchasini oʻrnatish va 38,8 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish boʻyicha tender savdolarini tashkil etish belgilangan;
Toshkent shahrida “TS-8” qozonxonasida 30 MVt li 1 ta yangi qozon oʻrnatish hamda 2 ta 116 MVt li qozonlarni qayta taʼmirlash shuningdek, 649 ta individual issiqlik shahobchalarini oʻrnatish va modernizatsiya qilish, 46,6 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish boʻyicha tender savdolarini tashkil etish, pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar imzolash va qurilish ishlarini boshlash koʻzda tutilgan.
Birinchi chorak yakuniga koʻra loyiha doirasida 1,5 mln dollar oʻzlashtirish rejalashtirilgan boʻlsa, amalda 2,5 mln dollar qiymatidagi ishlar bajarildi.
Ushbu loyiha yakuni bilan 1 855 ta koʻp kvartirali uy, 84 786 ta xonadon hamda 193 ta ijtimoiy soha obyekti issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
28-dekabrdagi qaroriga muvofiq 2021-yilda dastlabki qiymati 2 992,0 mln dollarga teng boʻlgan 28 ta loyihaning (shundan 5 tasi issiqlik taʼminoti) loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash belgilangangan boʻlsa, umumiy qiymati 2 027,8 mln dollar boʻlgan 20 ta loyihani (shundan 14 tasi issiqlik taʼminoti) 2021-yilda xalqaro moliya institutlari bilan muzokalar oʻtkazish, loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini boshlash hamda jadallashtirish belgilab olingan.
Qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2021-yilning I choragida 28 ta loyihaning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Shuningdek, qaror doirasida kiritilgan 20 ta loyihanining moliyalashtirish manbasini aniqlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.
Toshkent viloyatining Angren va Sirdaryo viloyatining Shirin shaharlarida issiqlik taʼminotini yaxshilash loyihalari Janubiy Koreya Respublikasining iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasi (EDSF) kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar roʻyxatiga kiritildi.
Issiqlik tizimiga investitsiyalarni jalb etish ishlari 2019-yildan boshlab amalga oshirildi. 2019 -2020-yil davomida yoʻnalish boʻyicha jami 143,5 mlrd soʻm miqdoridagi davlat byudjeti mablagʻlari oʻzlashtirildi.
2019-yilda – 32,3 mlrd soʻm
2020-yilda - 83 mlrd soʻm