Joriy yilda umumiy quvvati 1 474 mvt boʻlgan 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi

    Energetika 25 Noyabr 2022 1139

    Joriy yil yanvar-noyabr oylari davomida yurtimizda umumiy quvvati 1 374 megavatt boʻlgan 6 ta issiqlik va quvvati 100 megavatt boʻlgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

    — Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 megavatt boʻlgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

    — Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt boʻlgan bugʻ-gaz qurilmasi;

    — Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 megavatt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi;

    — Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 megavatt boʻlgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

    — Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 megavatt boʻlgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;

    — Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 megavatt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi;

    — Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 megavatt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

    Ushbu 7 ta elektr stansiya yiliga 11 milliard 300 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 1 milliard 503 million metr/kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

    Stansiyalar qurilishi davomida 3 960 nafar ish oʻrni yaratilgan boʻlsa, ular ishga tushishi natijasida 545 nafar yangi ish oʻrni yaratildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.