Prezidentimizning 2022-yil 8-fevraldagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash hamda joriy yilda chorvachilik yoʻnalishidagi barcha loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushurish boʻyicha Urgut tumanida parrandachilik yunalishida 2022-yil uchun 11 ming boshga moʻljallangan 2 ta 1 milliard 380 million soʻmlik loyiha rejalashtirilgan. Natijada tumanda 15 ta yangi ish oʻrinlar yaratilishi koʻzda tutilgan.
Hozirgi kunda parrandachilik yoʻnalishida faoliyat yuritib kelayotgan “Oʻramas parrandachilik” fermer xoʻjaligida 90 ming bosh tuxum yoʻnalishida parrandalar parvarish qilinmoqda. Bu yerda bir kunda 85 ming dona tuxum ishlab chiqilib, xalq dasturxoniga yetkazib berilmoqda.
Ushbu fermer xoʻjaligiga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga asosan tuxumning har bir donasi uchun 100 soʻmdan subsidiya ajratilmoqda.
Goʻsht yoʻnalishida 2 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 18 ming bosh joʻjalar parvarish qilib kelinmoqda. Ushbu parvarishdagi joʻjalardan xalq isteʼmoli uchun 21.6 tonna parranda goʻshti yetkazib berish koʻzda tutilgan.
A.Xoliqov,
“Oʻzagroinspeksiya”ning Urgut tuman
boʻlimi boshligʻi