Shundan 26 foizi import xom ashyolar ulushiga toʻgʻri keladi.
Ushbu davrda “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlarida quyidagi neft mahsulotlari ishlab chiqarildi:
• 721,5 ming tonna avtobenzin yonilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, shundan 134,3 ming tonnasi AI-91, 92, 95 rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ulushiga toʻgʻri keladi.
• 324,8 ming tonna dizel yonilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlsa, shundan 195 ming tonnasi Yevro 4, 5, 6 rusumidagi dizel yonilgʻisi ulushlariga toʻgʻri keladi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika isteʼmolchilarini uzluksiz neft mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida, jami 972,5 ming tonna avtobenzin mahsuloti yetkazib berilgan boʻlib, shundan 75 foizi “Oʻzbekneftgaz” AJ ulushiga toʻgʻri keladi.
Qayd etilgan davrda jami 790 ming tonna dizel yonilgʻisi yetkazib berilgan boʻlsa, shundan 44 foizi “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi korxonalar ulushga toʻgʻri kelgan.