Xususan, ishchi guruh Investitsiya dasturi asosida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgan ta'lim muassasalarida bo'ldi.

Dastlab, Yuqori Chirchiq tumanidagi 18-maktab filiali o'rnida barpo etilayotgan 330 o'rinli yangi maktab binosi hamda sport zalining qurilishi bilan tanishildi. Maktab qurilishini sifatli amalga oshirib, 1 avgustga qadar jihozlar bilan to'liq ta'minlash topshirig'i berildi.

Vazir, shuningdek, O'rta Chirchiq tumanidagi 43-sonli umumta'lim maktabi bilan tanishib, bu yerda ham ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash, o'quvchilarning yozgi ta'tilini mazmunli tashkil etish, yangi o'quv yiliga qadar munosib sharoitlar hozirlash yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi, deya xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.