9-yanvar, payshanba kuni uning nomzodi uchun 128 deputatdan 99 nafari ovoz berdi. Livan Prezidenti hukumatni tasdiqlashi va shartnomalarni ma'qullashi mumkin va u mamlakat qurolli kuchlarining bosh qo'mondoni hisoblanadi.
Prezidentlik lavozimi 2022-yil oktabr oyi oxiridan beri bo'sh edi. O'shanda sobiq davlat rahbari va hozir saylangan Jozef Aun bilan familiyasi bir xil bo'lgan Mishel Aunning vakolat muddati tugadi. Eronparast “Hizbulloh” radikal guruhi prezidentlikka o'z nomzodini saylay olmadi. Jozef Aun AQSh va Saudiya Arabistoni tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.
So'nggi ikki yil ichida Livan prezidentini saylash uchun 12 marta muvaffaqiyatsiz urinish bo'lgan, deb xabar beradi dw.com.