JSST veb-saytida yozilishicha, eng yomon holat dunyoning kam rivojlangan 47 mamlakatida uchraydi. U erda har to'rtinchi sog'liqni saqlash muassasasida suv ta'minoti va har uchdan bir muassasada qo'l gigienasi vositalari mavjud emas.
JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesusning aytishicha, muassasalarda tegishli gigienaga rioya etilmayotgan sharoitda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining ishi shaxsiy himoya vositalarisiz ishlayotgan shifokorlarning mehnatiga tengdir. U suv ta'minoti, sanitariya va gigiena COVID-19 ga qarshi kurashda katta rol o'ynayotganini esladi. Uning so'zlariga ko'ra, “eng kam rivojlangan mamlakatlar” bu jiddiy muammolarni haligacha hal qilishmagan.