JSST COVID sababli karantinga rioya qilishga chaqirdi

    Salomatlik 8 Yanvar 2024 1328

    Butun dunyo boʻylab COVID-19 bilan kasallanish koʻpayib borayotgani sababli niqob taqish va emlashni davom ettirish kerak.

    Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Gebreyesus X (Twitter) ijtimoiy tarmogʻida yozdi.

    Uning soʻzlariga koʻra, koronavirus va gripp bilan kasallanish ikki haftadan beri oshib bormoqda va bu tendensiya davom etishi kutilmoqda.

    U aholini testdan oʻtishga undadi. Qayd etishicha, COVID-19 bemorlarining davolanishi ogʻir kasallik va oʻlimning oldini olishi mumkin.

    “Siz niqoblardan foydalanishingiz, masofani saqlashingiz va oʻzingiz hamda yaqinlaringiz koronavirus, shuningdek grippga qarshi emlanganiga ishonch hosil qilishingiz kerak”, deya qoʻshimcha qildi JSST rahbari.

    Gebreyesus rasmiylarni ishonchli testlar, davolash usullari va vaksinalardan foydalanishni taʼminlashga, shuningdek, holatlarning koʻpayishini kuzatishni davom ettirishga hamda aholini xabardor qilishga chaqirdi.