“Rahbarlar birinchi navbatda, oʻz fuqarolarini himoya qilishni xohlashadi. Biroq pandemiyaga qarshi kurash umumiy boʻlishi kerak. Bu xayriya masalasi emas. Biz tajribadan bilamizki, pandemiyani toʻxtatish va iqtisodiy rivojlanishni tiklashning eng qisqa usuli bu har bir mamlakatda yashovchilarni emas, balki yuqori xavfli guruhlarni iloji boricha tezroq himoya qilishdir”, - dedi JSST Bosh direktori.

Uning soʻzlariga koʻra, bunday yondashuv hamma davlatning manfaatlariga mos keladi. Chunki agar bitta odam himoyalanmagan boʻlsa, hech kim oʻzini xavfsiz his qila olmaydi.

JSST rahbari shuningdek, yangi diagnostika vositalari, dorilar va vaksinalar ishlab chiqilayotgan paytda, oʻtmishdagi xatolarni takrorlamasdan, “vaksina millatchiligi”ga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, adolat va tenglik tamoyillariga asoslangan vaksinalarni taqsimlash rejasi ikki bosqichdan iborat.

Birinchi bosqichda virus tarqalishining umumiy xavfini kamaytirish uchun vaksinalar teng miqdorda va bir vaqtning oʻzida uning jahon rivojlanish mexanizmida ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarga yetkaziladi.

Ikkinchi bosqichda tahdidlar va zaifliklar miqyosi hisobga olinadi. Bu yerda, birinchi navbatda, tibbiyot xodimlari va ijtimoiy ishchilar, shuningdek keksa odamlar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarga yetkazib beriladi.