Unda qayd etilishicha, kamharakatlik tufayli 2030-yilgacha Yer yuzida 500 milliondan ortiq kishi yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalininishi mumkin. Ularni davolashga yoʻnaltiriladigan sarf-xarajatlar dunyo iqtisodiyotiga 300 milliard dollar ziyon yetkazadi.

Kelib chiqishi kutilayotgan noinfeksion xastaliklarning deyarli yarmi, yaʼni 47 foizi gipertenziya, qolgan 43 foizi esa depressiya bilan bogʻliq boʻlishi aytilmoqda. Barcha holatlarning toʻrtdan uch qismi kam daromadli va rivojlanayotgan davlatlarda kuzatilishi ehtimoli katta.

Shuningdek, JSST hisobotida jismoniy faollikning COVID-19 pandemiyasi va boshqa xavfli kasalliklarni yengishdagi ahamiyati ham keltirilgan. Eslatib oʻtamiz, kamharakatlik oqibatida dunyo boʻyicha yiliga 5 million kishi hayotdan koʻz yummoqda. Eng yomoni, kelgusida bu koʻrsatkichlar yanada oshishi mumkin.