Britaniyada qayd mazkur infeksiya koʻp oʻtmay AQSH, Kanada, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Italiya, Shvetsiya, Belgiya, Niderlandiya, Gretsiya, Avstraliya, Isroil, Shveysariya, Sudan va Argentinada tarqala boshlagani haqida xabar bergan edik.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, hozir ana shu infeksiya roʻyxatga olingan davlatlar soni 23 taga yetgan. 257 nafar bemor xastalikka chalingan boʻlsa, yana 120 kishi virusni yuqtirganlikda gumonlanyapti.

Biroq JSST maymun chechagi endemik boʻlmagan bir nechta mamlakatda toʻsatdan va bir vaqtning oʻzida paydo boʻlishi sababini aniq izohlay olgani yoʻq.

Faqat taxminiy xulosalar bor. Unga koʻra, infeksiya ushbu hududlarga avvalroq kirib borgan, lekin oʻz vaqtida aniqlanmagan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, mutaxassislar Afrikaning qator mamlakatlari infeksiya oʻchogʻi boʻlishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Shu bois mazkur davlatlarga borgan sayyohlar kasallik tashuvchi hayvonlardan uzoq boʻlishi, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishi lozimligi uqtirilyapti, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.