JSST: Nigeriya meningitga qarshi yangi vaksinaga ega boʻlgan birinchi davlat boʻldi

    Fan 16 Aprel 2024 208

    Faqat bitta shtammga qarshi ishlaydigan oldingi vaksinadan farqli oʻlaroq, yangi vaksina Nigeriyada keng tarqalgan kasallikning beshta asosiy shtammlaridan himoya qiladi.

    Nigeriya meningitga qarshi yangi “inqilobiy” Men5CV vaksinasini qoʻllagan dunyodagi birinchi davlatga aylandi, deya xabar bermoqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST).

    Nigeriya Afrikada halokatli kasallik tarqalishining qaynoq nuqtalaridan biri hisoblanadi. JSST maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili meningit uchun giperendemik deb hisoblangan Afrikaning 26 mamlakatida kasallanishlar 50 foizga oshgan.

    Vaksinaning Nigeriyada joriy etilishi — 2030-yilgacha meningitni yoʻq qilish maqsadiga bir qadam yaqinlashtiradi, dedi JSST bosh direktori Tedros Gebreisus. bayonotida.

    JSST maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning oktyabridan joriy yilning mart oyining oʻrtalariga qadar nigeriyalik shifokorlar tomonidan 1742 holatda meningitga shubha qilingan, shundan 153 ta holat oʻlim bilan yakunlangan.

    JSST maʼlumotlariga koʻra, faqat bitta shtammga qarshi ishlaydigan oldingi vaksinadan farqli oʻlaroq, yangi vaksina Nigeriyada keng tarqalgan kasallikning beshta asosiy shtammlaridan himoya qiladi.