Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, yangi mutasiyaga xos belgilar avvalgi subvariantlar alomatlari bilan bir xil. Hozir u mavjud versiyalarning 4,2 foizini tashkil qilmoqda. Vaholanki, bir oy avval bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 0,5 foizga teng edi.
“Ushbu variant dunyo bo‘ylab keng tarqalishda davom etishi mumkin, — deydi M. Rayan. — Bu esa kasallanish ko‘rsatkichlari oshishiga sabab bo‘ladi. Shunga qaramay, hozircha yangi variantning og‘ir kechishi kuzatilgani yo‘q”.
Ekspertlarning xulosa qilishicha, COVID-19 qarshi emlanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan mamlakatlarda xastalik nisbatan yengil va asoratsiz o‘tmoqda.