Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi Birdamlik va «COVID-19»ga javob berish global jamgʼarmasi orqali JSST Bosh qarorgohi tomonidan xarid qilingan, umumiy qiymati 4 million АQSh dollaridan ortiq va umumiy ogʼirligi 85 tonnaga yaqin boʼlgan insonparvarlik yukini «COVID-19» pandemiyasiga javob chora-tadbirlar doirasida, JSSTning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi koʼmagida, Oʼzbekiston Respublikasiga yetkazib berdi.
Insonparvarlik yukini joʼnatish ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi partiya Toshkentga 8 iyulda yetib kelib, oʼz ichiga yuz uchun 619 400 ta himoya qalqonchasi va 2 176 000 dona jarrohlik niqobini oldi. Ikkinchi partiya poytaxtga 17 iyulda yetkazib berildi. U shaxsiy himoya vositalari, jumladan, himoya koʼzoynagi (95 200 dona), himoya xalatlari (178 000 dona), jarrohlik niqoblari (12 000 dona), KN95 respirator niqoblaridan (1 064 000 dona) iborat edi.
Yuk Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga topshirish uchun moʼljallangan.
Olingan insonparvarlik yuki Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan Oʼzbekistonga koʼrsatilayotgan yordamning bir qismidir.