Uning soʻzlariga koʻra, JSST va hamkor tashkilotlar tomonidan eʼlon qilingan qoʻshma hisobotda boshqa vazifalar qatori shifokorlarni koronavirusdan himoya qilishni kuchaytirish chaqirigʻi ham bor.
“Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining yangi ishchi hujjatiga koʻra, 2020-yil yanvaridan shu yilning may oyigacha 115 ming nafar tibbiyot xodimi COVID-19dan vafot etishi mumkin edi. Shu bois tibbiyot xodimlarini emlash birinchi oʻringa qoʻyilishi muhim”, dedi JSST rahbari brifingda.
Uning soʻzlariga koʻra, 119 mamlakatdan toʻplangan maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, dunyodagi oʻrtacha besh tibbiyot xodimining ikkitasi toʻliq emlangan. Qolganlarini ham emlash muhim vazifadir.