Qayd etilishicha, ushbu vosita amaliyotga kiritilgach, mazkur kasallikning avj olishini cheklash mumkin boʻladi.
JSST maʼlumotlariga koʻra, ogʻizga tomchi orqali qabul qilinadigan nOPV2 preparati amalda qoʻllanilayotgan muqobillariga nisbatan yuqori genetik barqarorlik va samaradorlikka ega. Yangi epidemiyalar paydo boʻlishi xavfini kamaytiradi.
Shu maʼnoda, yangi vaksinadan foydalanish koʻplab mamlakatlarni poliomiyelitdan xoli hududlarga aylantirish imkonini beradi.
Eslatib oʻtamiz, poliomiyelit oʻtkir shol kasalligi boʻlib, asab tizimi, ayniqsa, orqa miyani shikastlaydi. Asosan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga bu virusning yuqish xavfi yuqori hisoblanadi. Baʼzan falajlik va oʻlim holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.