Gebreyesus buni “rag'batlantiruvchi yangilik” deb atadi, bu “virusni hatto yangi variantlarda ham boshqarish mumkinligini ko'rsatadi”. Uning so'zlariga ko'ra, bu shuningdek zarur choralarni ko'rishni davom ettirish orqali infeksiya tarqalishining oldini olish mumkinligiga ishora qilmoqda.

Jons Xopkins universiteti ma'lumotlariga ko'ra, 2 fevral` holatiga ko'ra dunyoning 192 mamlakatida 103,3 milliondan ortiq koronavirus kasalligi qayd etilgan, 2,2 milliondan ortiq odam vafot etgan.