— Beshinchi haftadirki, koronavirusni yangi yuqtirganlar soni kamayib bormoqda, bu esa barcha joyda koʻrilayotgan cheklov choralari ish berayotganini koʻrsatadi, — dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus. Ammo u, cheklov choralarini muddatidan oldin tark etmaslik haqida ogohlantirdi.
Agar yil boshida har hafta 5 million odam yuqtirgan boʻlsa, endi bu koʻrsatkich 2 millionga kamaytirildi.
— Bu bizning koʻnglimizni koʻtarishi kerak, ammo xotirjam boʻlmasligimiz zarur. Yongʻin oʻchmadi, lekin biz uning hajmini kamaytirdik. Agar biz kurashni toʻxtatsak, hammasi yana boshidan boshlanadi, — dedi JSST rahbari.
Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasining soni 109 million nafardan oshgan, pandemiya paytida 2,4 million nafar kishi vafot etgan va 60 million nafardan ortigʻi sogʻaygan.