Xususan, 33 mamlakatda yashovchi 805 mingga yaqin kishiga ushbu kasallik tashxisi qoʻyilgan. Bemorlardan 5 ming 800 nafardan ziyodi epidemiya tufayli hayotdan koʻz yumgan. Xavotirli jihati, bu 2023-yildagiga nisbatan qariyb 100 mingtaga, 2022-yilga qiyoslaganda esa 340 mingtaga koʻpdir.
Yuqori oʻsish dinamikasi asosan Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasida qayd etilgan. Jumladan, Yaman bu borada yetakchilik qildi: mamlakatda oʻtgan yili 260 mingdan ortiq yangi kasallanish holatlari roʻyxatga olingan.
Shuningdek, Afrika davlatlarida ham epidemiya tarqalishi avj olgan: Sudanda 51 ming, Kongo Demokratik Respublikasida 31 ming, Efiopiyada 27 ming va Nigeriyada 24 ming nafardan ortiq kishida vabo aniqlangan.
Ekspertlar xulosasiga koʻra, bu kasallikni jilovlash mumkin. Biroq farmatsevtika kompaniyalari past rentabellik tufayli vaboga qarshi vaksinalar ishlab chiqarishni deyarli toʻxtatib qoʻygan.
Chunki aksariyat vabo oʻchoqlari eng qashshoq mamlakatlarda aniqlanyapti. Tabiiyki, ular bunday himoya vositalarini katta miqdorda xarid qilishga qodir emas.
Qolaversa, toza ichimlik suvi taʼminoti, sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish vabo epidemiyasini toʻxtatishning yagona yechimi boʻlib qolmoqda.