Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ”N.S.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari I.T. goʻsht mahsulotlari hamda naslli quyonlarni yetishtirishni tashkil etish uchun ajratilgan 1,1 mlrd soʻm kredit evaziga quyonchilikda goʻsht mahsulotlari hamda naslli quyonlarni yetishtirishni tashkil etmasdan kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.