Davra suhbatida axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash, soʻz va matbuot erkinligi doirasidagi masalalarga, bu borada qonunchilik amaliyoti, uni hayotga tatbiq etishning dolzarb jihatlariga eʼtibor qaratildi.
Muloqotda xususiy media va bloglar hayotimizdan keng oʻrin egallab borayotgani, jamiyatimiz hayotida yoʻl qoʻyilayotgan kamchilik va muammolarni dadil koʻtarib chiqishda muhim omil boʻlib xizmat qilayotgani taʼkidlandi.
Tadbir davomida davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash borasida amalga oshirayotgan ishlarining samaradorligi ijobiy tarafga oʻzgarayotganligi, jurnalistika sohasida faoliyat olib borayotgan malakali kadrlarga ehtiyoj sezilayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda oʻquvchi talabalar parlament faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Qoʻmitada doimiy asosda ishlovchi senator М.Парпиев qoʻmitalar tomonidan olib borilayotgan ishlar, shuningdek Senat yalpi majlislari, qonunlar muhokamasi qay tarzda oʻtishi, muhokama va munozaralar tafsiloti haqida batafsil soʻzlab berdi.
Qoʻmitaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, axborot siyosati va davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlash bilan bogʻliq olib borilayotgan faoliyat tanishtirildi.
Talabalar soʻz erkinligi, axborot siyosati, jurnalist va bloger faoliyatiga doir savollarga atroflicha javoblar oldi. Muloqot-uchrashuvda, shuningdek, talabalar tomonidan bir qator tashabbus va takliflar ilgari surildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.